Valyuta kurslari 27/02/2026
$1 – 12136.57
UZS – -0,0%
€1 – 14318.73
UZS – 0,08%
₽1 – 157.70
UZS – -0,52%
Qidirish
"O'zmetkombinat" va uning xitoylik hamkorlari kelgusidagi rivojlanish rejalarini belgilab olishdi

"O'zmetkombinat" va uning xitoylik hamkorlari kelgusidagi rivojlanish rejalarini belgilab olishdi

"O'zmetkombinat" va uning xitoylik hamkorlari kelgusidagi rivojlanish rejalarini belgilab olishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zmetkombinat” AJ Boshqaruvi raisi — Bosh direktor Bahodir Abdullayev Xitoyning Metallurgiya uyushmasi bosh ofisi direktori Su Changyong janoblari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar so‘nggi yildagi metallurgiya sohasida bo‘layotgan yangiliklar, Xitoy metallurgiya sanoatidagi amaliy tajriba va O‘zbekiston metallurgiya sanoatini yanada rivojlantirish rejalari bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuv davomida Xitoyning “Jialong” kompaniyasi bilan hamkorlikda “O‘zmetkombinat” AJ da bajarilgan katta ko‘lamdagi ishlarga alohida to‘xtalinib, ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorchilik bildirildi.

Uchrashuv so‘nggida tomonlar “O‘zmetkombinat” AJ korxonasining yangi rivojlanish bosqichlari bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling