“O‘zmetkombinat” Turkiya bozoriga metall prokat eksportini kengaytirmoqda
“O‘zmetkombinat” Turkiya bozoriga metall prokat eksportini kengaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zmetkombinat” AJ xalqaro hamkorlikni kengaytirish va tashqi bozorlardagi mavqeini mustahkamlash yo‘nalishida faol ish olib bormoqda.
Ayni paytda kompaniya Turkiyaning quvurlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Albitra” hamda metall mahsulotlarini savdosi va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi «Tekfem Demir Çelik» korxonalari bilan issiq prokatlangan rulon mahsulotlarini eksport qilish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish “O‘zmetkombinat” AJga yangi bozorlarga chiqish, ishlab chiqarish hajmini oshirish va mahsulot eksportini kengaytirish imkonini beradi.
Kompaniya o‘zaro manfaatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish orqali o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashda davom etmoqda. Bu esa uning uzoq muddatli o‘sish strategiyasi va raqobatbardoshlikni oshirish maqsadlarining ajralmas qismi hisoblanadi.