Valyuta kurslari 31/03/2026
$1 – 12210.71
UZS – 0,12%
€1 – 14036.21
UZS – -0,09%
₽1 – 150.36
UZS – 0,43%
Qidirish
O'zLiDeP fraktsiyasi JST standartlariga muvofiq eksport tartiblarini liberallashtirishni ko'rib chiqdi

O'zLiDeP fraktsiyasi JST standartlariga muvofiq eksport tartiblarini liberallashtirishni ko'rib chiqdi

O'zLiDeP fraktsiyasi JST standartlariga muvofiq eksport tartiblarini liberallashtirishni ko'rib chiqdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraktsiyasi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga eksport tartib-taomillarini Jahon savdo tashkiloti qoidalariga muvofiqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqdi.

Qonun loyihasi bilan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlariga binoan olib chiqiladigan buyumlar va mahsulotlarni eksport qilishga doir ruxsatnoma berish tartibini bekor qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek, loyiha bilan litsenziyalash va ruxsat berish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga qo‘llaniladigan jarimalar ro‘yxatidan eksportga oid cheklovlar chiqarib tashlanmoqda.

—Mazkur qonun loyihasini partiyamiz maqsad va vazifalaridan kelib chiqib obdon muhokama qildik, — dedi fraksiya a’zosi Dilmurod Artiqov. —Unda belgilanayotgan normalar mahsulotlar eksportini kengaytirish, eksportdagi mavjud cheklovlarni bartaraf etish, raqobat va ochiq bozor muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Ushbu hujjat partiyamiz g‘oyalariga uyg‘un ekanligini e’tiborga olib, uni takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarimizni bergan holda, uni qo‘llab-quvvatladik.

Yig‘ilishda kun tartibidan o‘rin olgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling