"O‘zkimyosanoat" AJ va CRPT TURON o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O‘zkimyosanoat" AJ va “CRPT TURON” MChJ o‘rtasida O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalari sohasida raqamli markirovkalash tizimini rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hujjat Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 203-son qarori maqsadlarini amalga oshirish uchun imzolangan bo‘lib, tomonlarning sohani raqamli transformatsiya qilishda uzoq muddatli hamkorlikka intilishini mustahkamlaydi.
Memorandumning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
• kontrafaktga qarshi kompleks kurashish va bozorning shaffofligini oshirish;
• Kasbiy tajriba almashish, qo‘shma o‘quv tadbirlari, konferensiyalar va davra suhbatlarini o‘tkazish;
• Raqamli markirovka tizimini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni muvofiqlashtirish va birgalikda amalga oshirish.
Tomonlar agrar-sanoat sektorini raqamli transformatsiya qilish va O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni yanada muvofiqlashtirish va hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.