Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zgidromet O‘zbekiston tog‘larida qor ko‘chkisi xavfi haqida ogohlantirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zgidromet maʼlumotlariga ko‘ra, 6–9 dekabr kunlari mamlakatning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli ko‘chki xavfi yuzaga kelishi mumkin.
Quyidagi tumanlarda qor ko‘chishi xavfi mavjud:
Toshkent viloyatining Oxangaron, Bo‘stonliq va Parkent tumanlari (Chatqol tog‘ tizmasi);
Namangan viloyatining Pop tumani.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlardagi aholi, turistlar va tog‘larga safar qilishni rejalashtirayotgan haydovchilarga ehtiyot choralariga amal qilish va xavfli yo‘nalishlardan saqlanish tavsiya etilmoqda.