Valyuta kurslari 22/08/2025
$1 – 12413.79
UZS – -0,42%
€1 – 14468.27
UZS – -0,34%
₽1 – 154.86
UZS – -0,36%
Qidirish
Iqtisod 22/08/2025 O‘zeltexsanoat vakillari Xitoy kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zeltexsanoat vakillari Xitoy kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O‘zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safarini amalga oshirdi. Safar davomida elektrotexnika sanoati uchun yangi imkoniyatlarni ochish, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish va investitsion hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Delegatsiya dastlab “HKC” kompaniyasi xorijiy investitsiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti Xan Szinsyan bilan uchrashdi va kompaniyaning Chansha shahridagi ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurdi. Muzokaralar chog‘ida ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, "CEC" korporatsiyasi, uning tarkibidagi “China Sendind” va “Great Wall” kompaniyalari, shuningdek, “Gotion” kompaniyasi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda O‘zbekiston elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma investitsiya loyihalari va zamonaviy yechimlarni tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling