Valyuta kurslari 22/01/2026
$1 – 12122.07
UZS – 0,4%
€1 – 14187.67
UZS – 0,21%
₽1 – 156.39
UZS – 0,79%
Qidirish
"Ozeltexsanoat" va "Robotis" robototexnika sohasida hamkorlikni boshladilar

"Ozeltexsanoat" va "Robotis" robototexnika sohasida hamkorlikni boshladilar

"Ozeltexsanoat" va "Robotis" robototexnika sohasida hamkorlikni boshladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi M. Yunusov Janubiy Koreyaning robototexnika sohasidagi yetakchi kompaniyalaridan biri — Robotis kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Kim Byon Su bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv 2025 yil dekabr oyida kompaniya bilan imzolangan memorandum doirasida amalga oshirildi. Ikki tomonlama muloqotda robototexnika sohalarida hamkorlikni jadallashtirish, sanoatda robotlashtirilgan yechimlarni joriy etish, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Robotis kompaniyasi 1999 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda sanoat, taʼlim va ilmiy tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan robototexnika yechimlarini ishlab chiqarishda jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi. Harvard, MIT, Stanford, KAIST kabi yetakchi universitetlar hamda

Google, Amazon, Dyson singari yirik korporatsiyalar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirmoqda. Kompaniyaning yirik mijozlari orasida LG, Samsung, NASA, Toyota, Sony, Amazon, Microsoft, Apple, Intel, Google, BMW va boshqa global brendlar mavjud.

Robotis kompaniyasi rahbari O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatining jadal rivojlanayotganini qayd etib, ushbu yo‘nalishda uzoq muddatli hamkorlikni boshlashdan manfaatdor ekanligini taʼkidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling