Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Iqtisod 14/06/2025 “O‘zeltexsanoat” va Bolgariyaning yetakchi kompaniyalari O‘zbekistonda energiya saqlash tizimlarini ishlab chiqarishni muhokama qildi

“O‘zeltexsanoat” va Bolgariyaning yetakchi kompaniyalari O‘zbekistonda energiya saqlash tizimlarini ishlab chiqarishni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 11-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston – Bolgariya biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev ham qatnashdilar.

Forum doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Faridun Abdualimov Bolgariyaning yetakchi sanoat kompaniyalari – “Prista Oil”, “CERB Group” va “TEZ” rahbarlari bilan B2B uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekistonda energiyani saqlash tizimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihani amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Jumladan, muzokaralarda zamonaviy energiya saqlash texnologiyalarini mahalliylashtirish, texnologik transfer asosida ilmiy-texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda kadrlar tayyorlash orqali qo‘shma innovatsion tashabbuslarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bolgariyalik kompaniyalar vakillari O‘zbekistondagi sanoat rivoji, investorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar va elektrotexnika sohasidagi islohotlarga yuqori baho berdilar hamda hamkorlikni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Mazkur tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi sanoat, texnologiya va yashil energetika yo‘nalishlaridagi strategik hamkorlikni mustahkamlashi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling