Valyuta kurslari 18/09/2025
$1 – 12254.27
UZS – -0,25%
€1 – 14516.41
UZS – 0,01%
₽1 – 147.89
UZS – -0,49%
Qidirish
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi Xitoy kompaniyalari bilan kabel va energetika sohalarida qo‘shma loyihalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «O‘zeltexsanoat» uyushmasida Xitoyning yetakchi kompaniyalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Muloqotda Uyushma boshqaruv raisi Mirziyod Yunusov Xitoyning «XIAMEN C&D» kompaniyasining Markaziy Osiyo bo‘yicha bosh direktori Chenji Jou va «Jiangsu Zhongli Group» kompaniyasi prezidenti Jianyu San bilan muzokara olib bordi.

Muloqotda O‘zbekistonda kabel mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mis xomashyosini qayta ishlash orqali yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, shuningdek fotoelektrik modullar va energiya saqlash tizimlari bo‘yicha kooperatsiya masalalari ko‘rib chiqildi.

«XIAMEN C&D»ning ta'minot zanjiri va logistika tajribasi asosida O‘zbekiston orqali Jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling