“O‘zeltexsanoat” uyushmasi va “Gerege Systems” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 23-iyun kuni Ulan-Bator shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Mongoliya biznes-forumi doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va Mongoliyaning “Gerege Systems” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat elektr va gaz hisoblagichlarini joriy etish, ularni nazorat qilish hamda boshqarish sohalarida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.
Xususan, O‘zbekistondagi ishlab chiqaruvchilarning tajribasi asosida Mongoliyada elektr va gaz hisoblagichlarini hisobga olish tizimini joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ushbu hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi sanoat aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishi va o‘zaro texnologik sheriklikni yanada mustahkamlashi kutilmoqda.