Valyuta kurslari 27/03/2026
$1 – 12179.87
UZS – 0,07%
€1 – 14079.93
UZS – -0,27%
₽1 – 148.52
UZS – -0,85%
Qidirish
“O‘zeltexsanoat” raisi Xitoyning JLAM shahrida bo‘ldi

“O‘zeltexsanoat” raisi Xitoyning JLAM shahrida bo‘ldi

“O‘zeltexsanoat” raisi Xitoyning JLAM shahrida bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirilayotgan tashrif doirasida "Jlam" (Jinglan Optoelectronic Technology, Jiangsu) kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, elektronikada foydalaniladigan o‘ta ingichka simlar ishlab chiqarish bo‘yicha texnologik yechimlari hamda ilg‘or tajribasi o‘rganildi.

Shuningdek, ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot sifati va eksport yo‘nalishlari bilan tanishildi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda hamkorlikda misdan qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tashrifdan maqsad sanoatda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, qo‘shilgan qiymatni oshirish bo'yicha hamkorlik aloqalarini o'rnatishdan iborat.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling