Valyuta kurslari 19/09/2025
$1 – 12314.71
UZS – 0,49%
€1 – 14579.39
UZS – 0,43%
₽1 – 148.26
UZS – 0,25%
Qidirish
“O‘zeltexsanoat” raisi AQShga tashrifi chog‘ida Amerika kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi

“O‘zeltexsanoat” raisi AQShga tashrifi chog‘ida Amerika kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi

“O‘zeltexsanoat” raisi AQShga tashrifi chog‘ida Amerika kompaniyalari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov O'zbekiston Hukumati delegatsiyasi tarkibida AQShda xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida bir qator yirik kompaniyalar, banklar va tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Uyushma raisi Vashingtondagi “White&Case” ofisida “OneWorld” kompaniyasining sanoat inshootlari ko‘chmas mulki bo‘yicha maslahatchisi Bryan Gere bilan muzokara olib bordi.

OneWorld — AQShda faoliyat yurituvchi, sanoat inshootlari va zonalari uchun ko‘chmas mulk bo‘yicha maslahatchilik xizmatlarini ko‘rsatuvchi kompaniya bo‘lib, bizneslarga investitsiya, rivojlanish va hamkorlik loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashib keladi.

Samimiy muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, istiqbolli loyihalar yuzasidan takliflarni amalga oshirish hamda kelgusida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling