Valyuta kurslari 10/11/2025
$1 – 12060.27
UZS – 0,31%
€1 – 13916.35
UZS – 0,53%
₽1 – 148.87
UZS – 0,49%
Qidirish
“O‘zbektelekom” va “Ribbon Communications” kompaniyalari kiberxavfsizlikni kuchaytirish hamda anti-spoofing tizimini joriy etish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — AQSHga amalga oshirilayotgan xizmat safari doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “Ribbon Communications” kompaniyasi Prezidenti va Bosh ijrochi direktori Bryus MakKlelland, shuningdek, kompaniyaning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha Prezidenti Leon Tylevich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va kiberxavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Imzolangan hujjat doirasida “O‘zbektelekom” tarmoqlarida anti-spoofing tizimini joriy etish, shuningdek, ilg‘or kiberxavfsizlik yechimlarini ishlab chiqish va tatbiq etish bo‘yicha keyingi amaliy qadamlar belgilandi.

Ribbon Communications — bu ilg‘or telekommunikatsiya va bulutli yechimlar taqdim etuvchi xalqaro kompaniya bo‘lib, ovoz, ma’lumot va xavfsiz aloqa infratuzilmalari uchun innovatsion texnologiyalar yaratadi hamda dunyo bo‘ylab operatorlar va yirik korxonalarga xizmat ko‘rsatadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling