Valyuta kurslari 08/10/2025
$1 – 12038.68
UZS – 0,13%
€1 – 14044.32
UZS – 0,13%
₽1 – 146.62
UZS – 1,29%
Qidirish
“O‘zbekneftgaz” yetakchi xalqaro investorlar va Barclays Bank bilan uchrashdi

“O‘zbekneftgaz” yetakchi xalqaro investorlar va Barclays Bank bilan uchrashdi

“O‘zbekneftgaz” yetakchi xalqaro investorlar va Barclays Bank bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 7 oktyabr kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida Buyuk Britaniyaning yetakchi moliya institutlaridan biri — “Barclays” banki delegatsiyasi, shuningdek, bir qator xalqaro investitsiya kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Wellington Management, Ashmore Group, JP Morgan Asset Management, TT International Investment Management, William Blair & Company, Magellan Investments hamda Arkkan Capital Management kabi yirik investorlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga “O‘zbekneftgaz” AJning ishlab chiqarish faoliyati, moliyaviy ko‘rsatkichlari va kompaniyaning strategik rivojlanish yo‘nalishlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Investorlar kompaniyaning moliyaviy barqarorligi va ochiq muloqot siyosatiga ijobiy baho berib, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.

Uchrashuv yakunida joriy yilning noyabr oyida navbatdagi invest call — investorlar bilan onlayn muloqotni o‘tkazish taklifi ilgari surildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling