Valyuta kurslari 30/12/2025
$1 – 12025.33
UZS – -0,27%
€1 – 14162.23
UZS – -0,21%
₽1 – 155.25
UZS – 0,06%
Qidirish
"O'zbekneftgaz" Xitoyning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

"O'zbekneftgaz" Xitoyning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

"O'zbekneftgaz" Xitoyning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Xitoy Xalq Respublikasining neft-gaz sohasida faoliyat yuritayotgan qator yetakchi kompaniyalari — “GR Xibu Buling Engineering Company”, “China 3 National Logging”, “Great Wall Drilling Company”, shuningdek, “New Silk Road Oil and Gas” qo‘shma korxonasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar hamkorlikning joriy holati hamda 2026 yilda geologiya-qidiruv ishlari, uglevodorodlarni qidirish va qazib olish yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Muzokaralar chog‘ida geologiya-qidiruv va burg‘ilash ishlari samaradorligini oshirishga qaratilgan zamonaviy texnologik yechimlarni qo‘llash, shuningdek, Xitoy servis kompaniyalarining “O‘zbekneftgaz” AJ tizimida investisiya va ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Boshqaruv raisi Jamiyat malakali pudratchi tashkilotlar bilan hamkorlikka ochiq ekanini ta’kidladi. Aloqalar belgilangan talablar va xalqaro amaliyotga mos, raqobatbardosh texnik-iqtisodiy takliflarni taqdim etish asosida olib borilishi belgilandi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar ishbilarmonlik aloqalarini yanada mustahkamlash, konstruktiv muloqotni davom ettirish hamda ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni bosqichma-bosqich rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini qayd etdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling