Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
“O‘zbekneftgaz” Xalqaro geotermal assotsiatsiyasi bilan O‘zbekistonda geotermal energetikani rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

“O‘zbekneftgaz” Xalqaro geotermal assotsiatsiyasi bilan O‘zbekistonda geotermal energetikani rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

“O‘zbekneftgaz” Xalqaro geotermal assotsiatsiyasi bilan O‘zbekistonda geotermal energetikani rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 25-sentyabr kuni “Oʻzbekneftgaz” AJ rahbariyati va Xalqaro Geotermal Assotsiatsiyasi (International Geothermal Association, IGA) bosh direktori doktor Marit Brommer oʻrtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Maqsad – Oʻzbekistonda geotermal energetikani rivojlantirish istiqbollari hamda uni respublika aholisi farovonligi yo‘lida qo‘llash imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat.

Xalqaro Geotermal Assotsiatsiya dunyoning 110 dan ortiq mamlakatidan ekspertlar va tashkilotlarni birlashtiradi. IGA faol ishtirok etayotgan yirik geotermal loyihalar Islandiya, Indoneziya, Turkiya, Kanada, Germaniya, Keniya va Xitoyda amalga oshirilmoqda.

Assotsiatsiya geotermal energetika sohasidagi ilg‘or tajribalarni, standartlarni va hamkorlikni targ‘ib qiluvchi neytral global platforma bo‘lib, xalqaro iqlim va ekologik maqsadlarga erishishga ko‘maklashadi.

Muzokaralar chog‘ida “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi B.B. Sidikov Oʻzbekistonda geotermal energetikani rivojlantirish masalasini istiqbolli yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqish muhimligini ta’kidladi. U kelajakda bu yo‘nalish energetik barqarorlikni oshirishga, energiya manbalarini diversifikatsiya qilishga hamda uglerod izini kamaytirishga o‘z hissasini qo‘shishi mumkinligini qayd etdi.

Alohida e’tibor geotermal energiyani elektr energiyasi ishlab chiqarish, turar-joy va sanoat obyektlarini isitish, qishloq xo‘jaligi ehtiyojlarini qondirish hamda “yashil” energetika loyihalariga integratsiya qilish masalalariga qaratildi. Bu jarayonda hozirda foydalanilmayotgan neft-gaz quduqlari fondini ishga jalb qilish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

Doktor Marit Brommer o‘z nutqida shunday dedi: «Geotermal energiya – bu bizning oyoqlarimiz ostidagi issiqlik: doimo mavjud, doimo mahalliy. Agar aniq yo‘l xaritasi ishlab chiqilsa, Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda yetakchi bo‘lishi, mintaqaning oziq-ovqat, suv va energetika ehtiyojlarini qondira oladigan ishonchli energiya yetkazib beruvchiga aylanishi mumkin. Geotermal energetika esa global iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda muhim rol o‘ynaydi, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytiradi va uglerod neytral kelajak sari yo‘l ochadi».

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra IGA va “Oʻzbekneftgaz” AJ o‘rtasida qo‘shma ishchi guruh tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Guruhning vazifalari qatoriga geotermal energetika sohasida xalqaro tajribani joriy etish, neft-gaz sektori bilan sinergiyani rivojlantirish hamda geotermal loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikning yo‘l xaritasini ishlab chiqish kiradi.

Alohida e’tibor atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va zamonaviy “yashil” texnologiyalarni integratsiya qilish masalalariga qaratiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling