“O‘zbekneftgaz” va United Energy Group uglevodorod qazib olish bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftgaz” AJ United Energy Group (Xitoy-Pokiston) vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi, unda uglevodorod qazib olish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Muloqotda ushbu yo‘nalishdagi aloqalar rivojlanishining ahamiyati, tabiiy gaz qazib olish samaradorligini oshirish maqsadida qo‘shma harakatlarni qayta ko‘rib chiqish zarurligi yuzasidan fikr almashildi.
Asosiy e’tibor olingan ma’lumotlar natijalarini tahlil qilish, keyingi qadamlar va asosiy harakatlar hamda samaraga erishish uchun zarur bo‘lgan o‘zaro hamkorlik masalalariga qaratildi.
Shuningdek uchrashuv davomida ilg‘or texnologiyalar va innovasion yechimlarni joriy qilish, ta’lim va tajriba almashish borasida hamkorlikni chuqurlashtirishga doir ikki tomonlama manfaatlarni ko‘zlash muhimligi qayd etildi.
Uchrashuv so‘ngida sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va uglevodorod resurslarini qazib olish sohasida faol va samarali hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha qaror qabul qilindi.