Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
Iqtisod 27/02/2025 “O‘zbekneftgaz” va “O‘zkimyosanoat” ADCB bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

“O‘zbekneftgaz” va “O‘zkimyosanoat” ADCB bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftgaz” va “O‘zkimyosanoat” AJlari rahbariyati “ADCB” banki vakillari bilan muloqot qildi.

Ma’lumot o‘rnida Abu Dhabi Commercial Bank- Amirliklardagi uchinchi yirik moliya muassasasi hisoblanadi.

Uchrashuvda Jamiyatlar tomonidan erishilgan natijalar, amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari, Jamiyatlarning iqtisodiy barqarorligi va loyihalar yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muzokarada tomonlar kreditlash hajmini oshirishning turli imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Xususan, qayta tiklanadigan kredit liniyasini tashkil etish yoki tomonlar o‘rtasidagi shartnomalarni kengaytirish orqali bank bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Bank mutasaddilari 2025 yilda "O‘zbekneftegaz" AJning barcha faoliyat sohalarida moliyalashtirishga yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Qayd etish joizki, “O‘zbekneftgaz” AJ va “ADCB” o‘rtasidagi aloqalar klub bitimida kreditlash va yevroobligatsiyalar chiqarish kabi yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yilgan.

Bank yevroobligatsiyalar chiqarilishini baholash, narxni aniqlash, investorlarni jalb qilish, taqdimotlarni tashkil etish, joylashtirish jarayonini muvofiqlashtirish, taqsimlash va investorlar bilan kelishuvlar kabi muhim vazifalarni bajaradi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling