Valyuta kurslari 26/08/2025
$1 – 12305.80
UZS – -0,42%
€1 – 14389.17
UZS – 0,41%
₽1 – 152.56
UZS – -0,61%
Qidirish
Iqtisod 13/05/2025 “O‘zbekneftgaz” va CNODC hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi

“O‘zbekneftgaz” va CNODC hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O‘zbekneftgaz" AJda joriy yil 13–15 may kunlari poytaxtda bo‘lib o‘tadigan Energetika haftaligida ishtirok etish uchun kelgan Xitoyning “CNODC” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda yangi istiqbolli hududlarda geologiya - qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuvda "New Silk Road Oil and Gas" MCHJ qo‘shma qorxonasining faoliyati va rentabelligini oshirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Xorij mutaxassislari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, geologiya sohasidagi zamonaviy dasturiy ta’minot va texnologiyalardan foydalanish, havza modellashtirish va seysmik ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlari batafsil o‘rganildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va uni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling