Valyuta kurslari 17/03/2026
$1 – 12091.22
UZS – 0,08%
€1 – 13844.45
UZS – 0,05%
₽1 – 149.16
UZS – -0,85%
Qidirish
"O'zbekneftgaz" Upwing Energy bilan innovatsiyalarni muhokama qildi

"O'zbekneftgaz" Upwing Energy bilan innovatsiyalarni muhokama qildi

"O'zbekneftgaz" Upwing Energy bilan innovatsiyalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov AQSHning “Upwing Energy” kompaniyasi prezidenti va Bosh ijrochi direktori Xerman Artinian bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali samaradorligi past bo‘lgan gaz quduqlarida qazib olish hajmini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Joriy yilning yanvar oyida tomonlar o‘rtasida onlayn muzokaralar o‘tkazilib, “Upwing Energy” kompaniyasi tomonidan past samarali quduqlarda qazib chiqarish hajmini ko‘paytirishga qaratilgan texnologiyalar bo‘yicha taqdimot o‘tkazilgan edi. Shuningdek, hamkorlikning dastlabki bosqichlari doirasida Jamiyat mutaxassislari tomonidan tahlil o‘tkazish uchun geologik va texnik ma’lumotlar o'rganilgan.

Uchrashuv davomida mazkur ma’lumotlar asosida o‘tkazilgan dastlabki tahlil natijalari va hamkorlikni amalga oshirishning keyingi bosqichlari belgilab olindi.

Tomonlar zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali qazib olish hajmini ko‘paytirish, mavjud quduqlar samaradorligini oshirish hamda sohada innovatsion yechimlarni qo‘llash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini ta’kidladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling