Valyuta kurslari 13/10/2025
$1 – 12140.91
UZS – 0,14%
€1 – 14053.10
UZS – -0,29%
₽1 – 149.41
UZS – 0,15%
Qidirish
“O‘zbekneftgaz” AK o‘zining rivojlanish strategiyasini S&P Global Ratings delegatsiyasiga taqdim etdi

“O‘zbekneftgaz” AK o‘zining rivojlanish strategiyasini S&P Global Ratings delegatsiyasiga taqdim etdi

“O‘zbekneftgaz” AK o‘zining rivojlanish strategiyasini S&P Global Ratings delegatsiyasiga taqdim etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Oʻzbekneftgaz” AJda “S&P Global Ratings” agentligi delegatsiyasi hamda “UzAssets” AJ vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida kompaniya faoliyati sharhi hamda rivojlanish strategiyasi taqdim etildi.

Taqdimotda uglevodorodlarni qazib chiqarish va qayta ishlashni kengaytirish, moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, transformatsiya dasturini amalga oshirish, shuningdek ESG yoʻnalishidagi maqsadlarga erishish kabi asosiy yoʻnalishlar qamrab olindi.

“Oʻzbekneftgaz” AJ mamlakat iqtisodiyotining muhim ishtirokchisi va milliy energetika sohasining yetakchisi sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqladi.

Jamiyat resurs bazasini kengaytirish, yetakchi xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikni mustahkamlash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali qazib chiqarish samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Shu bilan birga, Buxoro NQIZda modernizatsiya loyihasi izchil davom etib, “Uzbekistan GTL” zavodi esa toʻliq quvvatda barqaror ishlamoqda.

Moliyaviy koʻrsatkichlar ham ijobiy surʼatlarda oʻsmoqda. Kapital tuzilmasining muvozanatliligi va yuqori likvidlik darajasi ishlab chiqarish hajmlarining ortishi, davlat tomonidan koʻrsatilayotgan qoʻllab-quvvatlash hamda xalqaro moliya institutlarining ishonchi orqali taʼminlanmoqda.

“UzAssets” bilan hamkorlikda olib borilayotgan transformatsiya doirasida ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish va optimallashtirish, shuningdek, zamonaviy korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda. ESG tamoyillari doirasida kompaniya uglerod chiqindilarini kamaytirish, energiya samaradorligini oshirish va barqaror rivojlanish tamoyillariga sodiqligini izchil davom ettirmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling