Valyuta kurslari 05/02/2026
$1 – 12265.77
UZS – 0,06%
€1 – 14492.01
UZS – 0,26%
₽1 – 159.07
UZS – -0,26%
Qidirish
“O‘zbekneftgaz” AJ Chexiya kompaniyalari bilan sanoat hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilmoqda

“O‘zbekneftgaz” AJ Chexiya kompaniyalari bilan sanoat hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilmoqda

“O‘zbekneftgaz” AJ Chexiya kompaniyalari bilan sanoat hamkorligini rivojlantirish masalalari muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Oʻzbekneftgaz” AJda Chexiyaning yetakchi kompaniyalari vakillaridan iborat biznes-missiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtmoqda.

Joriy yilning 2–6-fevral kunlari oʻtkaziladigan uch kunlik biznes-missiya Chexiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi hamda Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida tashkil etildi.

Delegatsiya tarkibida mashinasozlik, energetika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sanoat yechimlari sohalariga ixtisoslashgan 10 dan ortiq yetakchi chex kompaniyalari rahbariyati va vakillari kirgan. Ular orasida yuqori texnologiyali jihozlar, metalni qayta ishlash uskunalari, gidravlik tizimlar, sanoat dasturiy taʼminoti va kompleks muhandislik yechimlarini ishlab chiqaruvchi - “TOS VARNSDORF”, “TOSHULIN”, “TMC CR”, “ZDAS”, “KOVOFINIS” kabi korxonalar mavjud.

Uchrashuv davomida tomonlar oʻrtasida texnologik hamkorlik istiqbollari, zamonaviy mashinasozlik yechimlarini neft-gaz sohasiga joriy etish imkoniyatlari, shuningdek qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, dasturiy yechimlar taqdim etiladi.

Mazkur tadbir ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash hamda sanoat sohasidagi sheriklikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling