Valyuta kurslari 16/01/2026
$1 – 11969.66
UZS – -0,27%
€1 – 13927.90
UZS – -0,4%
₽1 – 152.56
UZS – -0,2%
Qidirish
“O‘zbekneftgaz” Ai-80 benzinini birja savdolari orqali sotishni to‘xtatdi

“O‘zbekneftgaz” Ai-80 benzinini birja savdolari orqali sotishni to‘xtatdi

“O‘zbekneftgaz” Ai-80 benzinini birja savdolari orqali sotishni to‘xtatdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 2 sentyabrdan AJ “O‘zbekneftgaz” Ai-80 markali benzinni birja savdolari orqali sotishni qilishni to‘xtatdi.

Kompaniya avvalroq Prezident farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston — 2030» strategiyasi va «Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda yashil iqtisodiyot yili» doirasida Ai-92 yuqori oktanli benzin ishlab chiqarishga bosqichma-bosqich o‘tish rejasini eʼlon qilgan edi. Sentyabrdan eʼtiboran birja savdolariga faqat Ai-92 benzini chiqarilmoqda.

Ai-92 benzini hajmlari savdolarda 1000 tonnaddan 1720 tonnaga oshirildi, ichki bozor talabiga qarab yana-da ko‘paytirilishi mumkin.

Shu bilan birga, avgust oyida sotib olingan Ai-80 benzini mavjud qoldiqlar hisobidan tadbirkorlarga to‘liq hajmda yetkazib beriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling