Valyuta kurslari 14/11/2025
$1 – 11985.10
UZS – 0,11%
€1 – 13923.09
UZS – 0,51%
₽1 – 148.86
UZS – 0,91%
Qidirish
"O'zbekneftegaz" va "KazMunayGaz" neft va gaz sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

"O'zbekneftegaz" va "KazMunayGaz" neft va gaz sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

"O'zbekneftegaz" va "KazMunayGaz" neft va gaz sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Bahodir Sidiqov va “KazMunayGaz” AJ Boshqaruvi raisi Asxat Xasenov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar davlatlarimiz rahbarlarining do‘stona muloqotlari natijasida ikki qardosh xalq o‘rtasida barcha sohalarda hamkorlik aloqalari tobora rivojlanib borayotgani, jumladan neft va gaz sohasida ham ikkita davlat kompaniyasi o‘rtasida istiqbolli loyihalar ishlab chiqilayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladilar.

Muloqotda neft-gaz sohasidagi manfaatli hamkorlikning bugungi holati, uni yanada kengaytirish, o‘zaro iqtisodiy integratsiyani mustahkamlash hamda qo‘shma tashabbuslarni amaliy rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokara yakunida ikki kompaniya o‘rtasida amaliy hamkorlikni yanada jadallashtirish, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish va uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar yuzasidan o‘zaro sheriklikni keyingi bosqichga olib chiqishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling