Valyuta kurslari 23/02/2026
$1 – 12212.79
UZS – 0,36%
€1 – 14411.09
UZS – 0,36%
₽1 – 159.52
UZS – 0,36%
Qidirish
“O‘zbekneftegaz” beshta quduqda sanoat miqyosida gaz oqimi qayd etilganini maʼlum qildi

“O‘zbekneftegaz” beshta quduqda sanoat miqyosida gaz oqimi qayd etilganini maʼlum qildi

“O‘zbekneftegaz” beshta quduqda sanoat miqyosida gaz oqimi qayd etilganini maʼlum qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekneftegaz kompaniyasi mamlakatdagi bir nechta konlarda beshta quduqda tabiiy gazning sanoat miqyosidagi oqimi qayd etilganini maʼlum qildi.

Muborak tumanida joylashgan «Yangi Kultak» konida qidiruv qudug‘i №5 va baholovchi ekspluatatsion quduq №10 3200 metr chuqurlikka qadar burg‘ilanib, har biri sutkasiga taxminan 245 ming kub metr hajmda sanoat gaz oqimini ko‘rsatgan. Olingan gaz Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga yo‘naltirilmoqda.

Sho‘rtandagi “Marvarid” konida qidiruv qudug‘i №4 3400 metr chuqurlikkacha burg‘ilandi. Sinov natijalari sutkasiga 450–500 ming kub metr miqdorida sanoat gaz oqimi mavjudligini ko‘rsatdi. Gaz Sho‘rtan nva gaz qazib chiqarish boshqarmasiga uzatilmoqda.

Buxoro viloyatidagi «Yangi Olot» konida qidiruv qudug‘i №12 2400 metr chuqurlikka burg‘ilandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, sutkalik tabiiy gaz oqimi taxminan 200 ming kub metrni tashkil etmoqda, sinov ishlari davom ettirilmoqda.

Ustyurt mintaqasida yangi istiqbolli “Qiziljar” koni aniqlandi. 5000 metr chuqurlikdagi quduq sanoat miqyosida gaz kelib tushayotganini ko‘rsatdi.

Shuningdek, «Shimoliy Berdaq» konida olib borilgan taʼmirlash ishlari ham ijobiy natija berdi: tiklanganidan so‘ng qidiruv qudug‘i №7 sanoat gaz oqimini taʼminladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling