Valyuta kurslari 30/12/2025
$1 – 12025.33
UZS – -0,27%
€1 – 14162.23
UZS – -0,21%
₽1 – 155.25
UZS – 0,06%
Qidirish
O‘zbekiston–Yaponiya: parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston–Yaponiya: parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

 

O‘zbekiston–Yaponiya: parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 29-dekabr kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasida parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalariga ba-ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 18–20-dekabr kunlari Yaponiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvlar va erishilgan natijalar ikki tomonlama strategik hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqqani taʼkidlandi.

Parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, do‘stlik guruhlari va qo‘mitalar darajasida aloqalarni kengaytirish, shuningdek, raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt sohasida qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Senatorlar o‘z chiqishlarida “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida Tokio deklaratsiyasi qabul qilinganligi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga, shuningdek “yashil iqtisodiyot”, raqamli transformatsiya va taʼlim sohalarida strategik tashabbuslarni ilgari surishga xizmat qilayotganini taʼkidladi.

Davra suhbati yakunida parlament diplomatiyasi mexanizmlaridan samarali foydalanish hamda “O‘zbekiston–Yaponiya” parlamentlararo hamkorlik aloqalarini yana-da faollashtirish ustuvor vazifa etib belgilandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling