Valyuta kurslari 10/12/2025
$1 – 12003.18
UZS – 0,11%
€1 – 13987.31
UZS – 0,09%
₽1 – 156.68
UZS – -0,8%
Qidirish
O‘zbekiston–Xitoy tadbirkor ayollari uchun qo‘shma platforma yaratiladi

O‘zbekiston–Xitoy tadbirkor ayollari uchun qo‘shma platforma yaratiladi

O‘zbekiston–Xitoy tadbirkor ayollari uchun qo‘shma platforma yaratiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Sh.Ibragimova Xitoyning “Jiangsu Tonke Real Estate Co., Ltd” kompaniyasi prezidenti Yan Bo bilan uchrashdi.

Shuningdek, uchrashuvda Palata raisi maslahatchisi A.Shayxov hamda “Tai Chang Special Stell” MCHJ vakili A.Axmedova ham ishtirok etdi.

Suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning zamonaviy ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Jumladan, IT sohasida hamkorlik, dual taʼlimni joriy etish, marketpleyslar orqali savdo amaliyotlarini rivojlantirish, tadbirkorlarni elektron savdo platformalarida ishlashga o‘qitish, “experience exchange” tizimi asosida tajriba almashish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida ikki mamlakat tadbirkor ayollarga hamkolik ko‘prigi sifatida hizmat qiladigan platformani Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida yaratish, shuningdek, Pekin va Toshkent shaharlarida ayollar biznes markazlarini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling