Valyuta kurslari 30/09/2025
$1 – 12067.76
UZS – -0,58%
€1 – 14141.00
UZS – -0,25%
₽1 – 145.64
UZS – 0,19%
Qidirish
O‘zbekiston–Tojikiston parlamentlararo hamkorligini rivojlantirish yo‘lida

O‘zbekiston–Tojikiston parlamentlararo hamkorligini rivojlantirish yo‘lida

O‘zbekiston–Tojikiston parlamentlararo hamkorligini rivojlantirish yo‘lida

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 30-sentabr kuni Senatda onlayn shaklda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Tojikiston Respublikasi Majlisi milli Majlisi Oli o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyaning birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda parlamentlararo muloqot ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash hamda barcha sohalardagi hamkorlikni kengaytirishning samarali vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Shu bilan birga, Komissiya faoliyati O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishda muhim qadam ekani taʼkidlandi.

Erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlar ijrosi ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga eʼtibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling