Valyuta kurslari 18/11/2025
$1 – 12009.92
UZS – -0,25%
€1 – 13933.91
UZS – -0,42%
₽1 – 147.80
UZS – -0,92%
Qidirish
O‘zbekiston–Rossiya baliq xo‘jaligi bo‘yicha qo‘shma komissiyasining ikkinchi sessiyasi: hamkorlikning yangi bosqichi

O‘zbekiston–Rossiya baliq xo‘jaligi bo‘yicha qo‘shma komissiyasining ikkinchi sessiyasi: hamkorlikning yangi bosqichi

O‘zbekiston–Rossiya baliq xo‘jaligi bo‘yicha qo‘shma komissiyasining ikkinchi sessiyasi: hamkorlikning yangi bosqichi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston–Rossiya baliq xo‘jaligi bo‘yicha Qo‘shma komissiyaning ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv ikki davlatning agrar siyosatida muhim o‘rin tutadigan baliqchilik tarmog‘ini modernizatsiya qilish, ilmiy-texnik hamkorlikni kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

Sessiyada O‘zbekiston tomoni nomidan Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev boshchiligidagi vazirlik vakillari va tizim tashkilotlari mas’ullari, Rossiya tomonidan esa Federal Baliqchilik Agentligi rahbarining o‘rinbosari, O‘zbekiston–Rossiya baliqchilik sohasidagi hamkorlik bo‘yicha Qo‘shma komissiyasi vakili Andrey Yakovlev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Muloqot avvalida o‘tgan yili Moskvada o‘tkazilgan birinchi sessiyaning natijalari, erishilgan kelishuvlar va ularning ijrosi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Tahlillarga ko‘ra, o‘tgan davr davomida ikki tomonlama loyiha va tashabbuslar sezilarli faollashgan, amaliy hamkorlik shakllari kengaygan.

Shundan so‘ng, O‘zbekistondagi baliqchilik tarmog‘ining bugungi holati, klasterlar faoliyati, ilg‘or texnologiyalar joriy etilishi va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan keng qamrovli taqdimot o‘tkazildi. Ayni paytda mamlakatda akvakulturani kengaytirish, mahsuldor zotlar yaratish va eksport salohiyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar Rossiya delegatsiyasi tomonidan katta qiziqish bilan tinglandi.

Uchrashuvda, shuningdek, ikki davlat orasida amalga oshirilgan qo‘shma loyihalar natijalari muhokama qilindi, mavjud tajribalar tahlil qilindi. Yangi tashabbuslar ilgari surilib, baliq yetishtirishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish, Qo‘shma ilmiy markazlar tashkil etish, mutaxassislar tayyorlash hamda tajriba almashinuvini kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Sessiya yakunida tomonlar baliqchilik sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, mavjud loyihalarni kengaytirish va yangi yo‘nalishlarda hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish borasida o‘zaro kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling