O‘zbekistonning yoshlar terma jamoasi ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 28 fevraldan 6 martga qadar O‘zbekistonning 18 yoshgacha bo‘lgan yoshlar terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor U18 jahon chempionatida ishtirok etadi. Jamoa III B divizionida – ettinchi eng yuqori daraja. Turnir Bangkokda (Tailand) bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, O‘zbekiston xokkey maktablari tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan terma jamoa U18 Osiyo va Okeaniya Kubogida ikki marta chempionlikni qo‘lga kiritgan va hech bir uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramagan. Bu musobaqalar 2023 yil mart oyida Ulan-Bator (Mongoliya)da va 2024 yil aprel oyida Toshkent hamda Samarqand (O‘zbekiston) shaharlarida o‘tkazilgan.
O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining ilk jahon chempionatida Janubiy Afrika Respublikasi, Lyuksemburg, Turkmaniston, Bosniya va Gersegovina hamda mezbon Tailand jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Belgilangan o‘yinlar taqvimi:
28 fevral, 14:30 — O‘zbekiston vs JAR
1 mart, 14:30 — Lyuksemburg vs O‘zbekiston
3 mart, 14:30 — Turkmaniston vs O‘zbekiston
4 mart, 11:00 — O‘zbekiston vs Bosniya va Gersegovina
6 mart, 18:00 — Tailand vs O‘zbekiston
Qizig‘i shundaki, Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) turnirning so‘nggi uchrashuvi sifatida aynan Tailand va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘yinni belgilagan. Bu esa aynan shu ikki jamoa chempionlik uchun asosiy daʼvogar sifatida ko‘rilayotganini anglatadi.
Janubiy Afrika jamoasi musobaqaning autsayderi hisoblansa, Lyuksemburg o‘tgan yili ishtirok etmagan. Qolgan uch jamoa esa O‘zbekiston uchun jiddiy raqib bo‘ladi.