Valyuta kurslari 29/05/2025
$1 – 12831.13
UZS – -0,43%
€1 – 14542.80
UZS – -0,56%
₽1 – 161.07
UZS – 0,12%
Qidirish
O‘zbekiston 28/05/2025 O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Portugaliya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O'zbekistonning yangi tayinlangan elchisi Portugaliya Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistonning Portugaliyaga yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Parij shahrida joylashgan) Nodir G'aniyev ushbu mamlakat Prezidenti Marselu Rebelu de Souzaga ishonch yorliqlarini topshirdi.

"Belem" saroyida bo'lib o'tgan rasmiy marosimdan so'ng kechgan muloqot chog'ida Portugaliya Prezidenti ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlar holati va istiqbollarini yuqori baholadi. Shuningdek, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Prezident Marselu Rebelu de Souza Nodir G'aniyevni ushbu lavozimga tayinlagani bilan tabriklab, unga Portugaliya va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi diplomatik faoliyatida ulkan zafarlar tiladi.

O'zbekiston va Portugaliya o'rtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 12-avgustda o'rnatilgan.

Avval O'zbekistonning Shvetsiyadagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Nodir Ganiyev 2024-yil 17-sentyabr kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling