Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 59,3 milliard dollarga yetdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari rekord darajaga — 59,3 milliard AQSH dollariga yetdi, bu ko‘rsatkich bir oy ichida 4 milliard dollardan ortiqqa oshgan.
Bu mamlakat tarixidagi eng yuqori natija hisoblanadi.
Markaziy bank maʼlumotlariga ko‘ra, oktyabr oyi yakunida zaxiralar hajmi 54,9 milliard dollarni tashkil etgan.
Zaxiralardagi oltin qiymati 47,8 milliard dollarga baholangan bo‘lib, uning jismoniy hajmi 11,9 million troy unsiyani tashkil etadi.
Valyuta aktivlari, jumladan, xorijiy valyuta va depozitlar 9,8 milliard dollarga teng.