Valyuta kurslari 16/03/2026
$1 – 12081.63
UZS – -0,17%
€1 – 13837.09
UZS – -1,1%
₽1 – 150.44
UZS – -1,72%
Qidirish
O‘zbekistonning Vashingtonda birinchi bosh konsulni tayinladi

O‘zbekistonning Vashingtonda birinchi bosh konsulni tayinladi

O‘zbekistonning Vashingtonda birinchi bosh konsulni tayinladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston o‘zining Vashington shahridagi ilk bosh konsulini tayinladi. Mazkur lavozimga Axror Burxonov tayinlandi.

Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi lavozimida faoliyat yuritgan.

Yangi tayinlovga izoh berar ekan, diplomat TIVdagi faoliyat yillari uning kasbiy faoliyatida muhim va mazmunli bosqich bo‘lganini taʼkidladi.

«O‘tgan yillar men uchun juda mazmunli va serqirra davr bo‘ldi. Birgalikda ilgari surilgan tashabbuslar, amalga oshirilgan loyihalar, ustozlardan olingan saboq va tajriba, hamkasblar bilan yelkama-yelka turib ishlash, shuningdek turli darajadagi uchrashuv va tadbirlar ushbu davrni unutilmas hamda qimmatli xotiralarga boy qildi», — deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling