Valyuta kurslari 21/10/2025
$1 – 12060.15
UZS – -0,4%
€1 – 14064.55
UZS – -0,74%
₽1 – 148.87
UZS – -0,15%
Qidirish
O‘zbekistonning “Uzum” kompaniyasi 2027 yilda IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda

O‘zbekistonning “Uzum” kompaniyasi 2027 yilda IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda

O‘zbekistonning “Uzum” kompaniyasi 2027 yilda IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning eng yirik startapi va mamlakatdagi ilk “yunikorn” maqomiga erishgan Uzum kompaniyasi 2027 yilda o‘tkazishni rejalashtirayotgan aksiyalarning ilk ommaviy joylashtirilishi (IPO) uchun Londonni ehtimoliy maydonchalardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda.

Reuters agentligi 16 oktyabr kuni xabar berganidek, fintex va elektron tijorat yo‘nalishida faoliyat yurituvchi, Xitoyning Tencent korporatsiyasi qo‘llab-quvvatlayotgan Uzum kompaniyasining hammuassisi Nikolay Seleznyov maʼlum qilishicha, London fond birjasi kompaniyaning xalqaro kapital bozoridagi debyuti uchun ko‘rib chiqilayotgan variantlar orasida.

Avgust oyida Uzum Tencent va AQSHning VR Capital fondi ishtirokidagi aksiyaviy mablag‘ jalb etish raundi doirasida 70 million dollar investitsiya oldi. Bu kompaniyaning bahosini 1,5 milliard dollarga yetkazdi.

Londondan tashqari, startap Nyu-Yorkdagi Nasdaq, shuningdek, Abu-Dabi va Gonkong birjalaridagi imkoniyatlarni ham o‘rganmoqda.

Seleznyovning taʼkidlashicha, joylashtirish narxi haqida hozircha gapirish erta: «Agar biz London fond birjasida chiqishni tanlasak, albatta, FTSE 100 indeksi doirasida harakatlanishni ko‘zlaymiz».

Uning qo‘shimcha qilishicha, Uzum xorijga chiqishdan oldin ichki bozordagi pozitsiyalarini mustahkamlashga eʼtibor qaratishni rejalashtirgan: «Men juda tez geografik kengayish tarafdori emasman. Biz avvalo O‘zbekistonda o‘z pozitsiyamizni mustahkamlab, hamkorlarimizga bu tizim nafaqat bu yerda, balki mamlakat tashqarisida ham samarali ishlay olishini ko‘rsatmoqchimiz».

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling