O‘zbekistonning to‘qimachilik salohiyati Heimtextil 2026 xalqaro ko‘rgazmasida namoish etilmoqda
O‘zbekistonning to‘qimachilik salohiyati Heimtextil 2026 xalqaro ko‘rgazmasida namoish etilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 13 yanvar kuni Germaniyaning Frankfurt shahridagi Messe Frankfurt ko‘rgazma kompleksida uy va interyer to‘qimachilik sohasidagi eng yirik va nufuzli xalqaro ko‘rgazmalardan biri — Heimtextil 2026 o‘z ishini boshladi.
Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Respublikasi yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi va “O‘ztekstilprom” Assotsiatsiyasi hamkorligida 132 kv.m maydonda milliy «Made in Uzbekistan» yagona stendi tashkil etilgan bo‘lib, unda mamlakatimiz to‘qimachilik sanoatining ishlab chiqarish va eksport salohiyati keng ko‘lamda namoyish etilmoqda.
Milliy ekspozitsiyada 14 ta o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari ishtirok etmoqda. O‘zbekiston stendi 9-pavilyon, G-13 sektorida joylashtirilgan.
Heimtextil 2026 ko‘rgazmasida ishtirok qilish xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, mahalliy korxonalarning eksport salohiyatini kengaytirish, yangi biznes aloqalarini o‘rnatish va «Made in Uzbekistan» brendini jahon bozorida yana-da mustahkamlashda muhim bosqich sifatida qaraladi.