Valyuta kurslari 15/10/2025
$1 – 12185.11
UZS – 0,29%
€1 – 14081.11
UZS – -0,04%
₽1 – 152.58
UZS – 1,42%
Qidirish
O‘zbekistonning Tatariston bilan hamkorligi rivojlanmoqda

O‘zbekistonning Tatariston bilan hamkorligi rivojlanmoqda

O‘zbekistonning Tatariston bilan hamkorligi rivojlanmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qozon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari tobora mustahkamlanib borayotgani, bu jarayonda Tataristonning o‘rni alohida ekani taʼkidlandi.

Sodiq Safoyev Rustam Minnixanovning Tataristonni har tomonlama rivojlantirish, Rossiyaning eng dinamik va innovatsion hududlaridan biriga aylantirish yo‘lidagi faoliyatini eʼtirof etdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama aloqalarni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi. So‘nggi yillarda neft-gaz, neft-kimyo, avtomobilsozlik, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida bir qator qo‘shma loyihalar amalga oshirildi.

Shuningdek, Jizzax shahrida Qozon federal universiteti filiali faoliyat yuritayotgani va bu O‘zbekiston hamda Tatariston o‘rtasida taʼlim sohasidagi hamkorlik samarasi ekani taʼkidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro aloqalarni yana-da faollashtirish, amaliy loyihalarni kengaytirish hamda ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling