Valyuta kurslari 02/03/2026
$1 – 12172.18
UZS – 0,29%
€1 – 14357.09
UZS – 0,27%
₽1 – 157.45
UZS – -0,16%
Qidirish
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida 5,8 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida 5,8 mlrd dollarni tashkil etdi

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida 5,8 mlrd dollarni tashkil etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar oyida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (TSA) 5,8 mlrd AQSH dollariga yetdi va 2025 yilning mos davriga nisbatan 1 318,6 mln AQSH dollariga yoki 29,2 % ga ko‘paydi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar qildi.

TSAda eksport hajmi 1 693,1 mln AQSH dollariga (2025 yilning mos davriga nisbatan 26,7 % ga o‘sdi) va import hajmi 4 137,4 mln AQSH dollariga (30,3 % o‘sish) yetdi. Hisobot davrida tashqi savdo balansi 2 444,3 mln AQSH dollari miqdorida manfiy saldo bilan shakllandi.

O‘zbekiston jahonning  145 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi Xitoy (27,9 %), Rossiya Federatsiyasi (18,7 %), Qozog‘iston (7,1 %), Turkiya (3,6 %) va Afg‘oniston (2,4 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 56,2 % ni tashkil etib, jumladan, sanoat tovarlari (18,1 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (10,0 %), kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (10,0 %) va har xil tayyor mahsulotlar hissasi yuqori (7,1 %) bo‘ldi.

2026 yilning yanvar oyida tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlar Rossiya (19,2 %), Xitoy (10,5 %), Afg‘oniston (8,1 %), Fransiya (6,1 %), Turkiya (5,0 %), Qozog‘iston (4,8 %), Qirg‘iz Respublikasi (2,7 %), Tojikiston (2,7 %) va BAA (2,4 %) kabi davlatlar bo‘ldi. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 60,0 % dan ortiqni tashkil etdi.

2026 yil yanvar oyida 106,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 13,6 % yoki 12,8 ming tonnaga oshdi.

2026 yil yanvar oyida 99,4 mln AQSH dollariga teng meva va sabzavotlar eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 21,6 % ga o‘sdi va jami eksportdagi ulushi 5,9 % ni tashkil etdi.

2026 yil yanvar oyi yakuni bo‘yicha 216,5 mln AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 12,8 % ini tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,0 % ga oshdi.

Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (51,4 %), ip kalava (31,3 %) asosiy ulushni egallagan.

2026 yil yanvar oyida xizmatlar eksporti hajmi 742,1 mln AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 43,8 % ini tashkil etib, 2025 yilning mos davriga nisbatan 44,1 % ga o‘sdi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi safarlar (47,9 %), transport (35,9 %), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot (10,9 %) va boshqa tadbirkorlik bilan bog‘liq xizmatlar (1,9 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ushbu davrga kelib import hajmi 4 137,4 mln AQSH dollariga yetdi va 2025 yilning mos davriga nisbatan 30,3 % ga o‘sdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (35,9 %), sanoat tovarlari (13,9 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (11,8 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.

Tovarlar importi dinamikasi tahliliga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida import qilingan tovarlar hajmi, 2025 yilning mos davriga nisbatan 869,4 mln AQSH dollariga ko‘paydi va 3 694,4 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 443,0 mln AQSH dollariga yetdi.

2026 yil yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi 125 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar importini amalga oshirdi. Yirik hamkor davlatlar, jumladan, Xitoy (35,0 %), Rossiya (18,5 %), Qozog‘iston (8,0 %), Koreya Respublikasi (3,0 %), Turkiya (3,0 %), Germaniya (2,3 %) va Turkmaniston (2,0 %) jami importning 70,0 % dan ortig‘ini tashkil etdi.

2026 yilning yanvar oyi yakuni bilan xizmatlar importi hajmi 443,0 mln AQSH dollarini yoki jami import hajmining 10,7 % ini tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26,3 % ga oshdi.

Xizmatlar importi tarkibida asosiy ulush safarlar (56,2 %), transport xizmatlari (18,7 %), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari (10,2 %) va boshqa tadbirkorlik bilan bog‘liq xizmatlar (8,7 %) hissasiga to‘g‘ri keldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling