Valyuta kurslari 16/02/2026
$1 – 12220.98
UZS – -0,44%
€1 – 14495.30
UZS – -0,66%
₽1 – 158.38
UZS – -0,45%
Qidirish
O‘zbekistonning Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Afg‘onistonda xizmat safari bilan bo‘lib turibdi

O‘zbekistonning Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Afg‘onistonda xizmat safari bilan bo‘lib turibdi

O‘zbekistonning Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Afg‘onistonda xizmat safari bilan bo‘lib turibdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ayni paytda Erkinjon Turdimov boshchiligidagi Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Afg‘oniston Islom Respublikasida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Tashrifdan asosiy maqsad — viloyatning eksport salohiyatini oshirish, o‘zaro savdo aylanmasini kengaytirish hamda investitsiyaviy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.

Tashrif doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari va boshqa qator yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, Sirdaryo viloyatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni Afg‘oniston bozoriga yetkazib berish, logistika zanjirini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma korxonalar tashkil etish masalalari kun tartibidan o‘rin olgan.

Uchrashuvlar davomida tadbirkorlar o‘rtasida B2B muloqotlar tashkil etilishi, aniq loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishish ham rejalashtirilgan. Bu tashrif viloyatimiz sanoat va agrar mahsulotlarining tashqi bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hudud iqtisodiyoti barqaror o‘sishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling