Valyuta kurslari 18/11/2025
$1 – 12009.92
UZS – -0,25%
€1 – 13933.91
UZS – -0,42%
₽1 – 147.80
UZS – -0,92%
Qidirish
O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi turizm brendi elchisi tayinlandi

O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi turizm brendi elchisi tayinlandi

O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi turizm brendi elchisi tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi turizm brendi elchisini tayinlash marosimi o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimizning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi Elchixonasida o'tkazilgan tadbirda Abdulaziz Ali Al Shahriga O'zbekistonning Saudiya Arabistonidagi turizm brendi elchisi sertifikati tantanali ravishda topshirildi.

Ushbu hujjatni nomzodga O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo'mitasi raisi Umid Shadiyev taqdim etdi.

Marosim davomida ikki davlat o'rtasida turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham so'z yuritildi. O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasida turizm sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi. Bunday tadbirlar ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va xalqlarimiz o'rtasida o'zaro qiziqishni oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.

"O'zbekistoning boy tarixi, sayyohlik madaniyatini targ'ib etish nafaqat yuksak sharaf, balki ulkan mas'uliyat hamdir. Qadimdan ilmu ma'rifat o'chog'i bo'lib kelgan bu davlatning yutuqlari, madaniyati va turizm salohiyatini diyorimizda, mahalliy aholi orasida ommalashtirishga astoydil harakat qilaman", – deydi Abdulaziz Ali Al Shahri.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling