O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi Bolshaya Polyankadagi voqeada xodimlari ishtirokini rad etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Moskvadagi bir fuqaroning kaltaklanishi bilan bog‘liq holatga o‘z xodimlarining aloqasi yo‘qligini maʼlum qildi.
Diplomatik vakolatxona xabariga ko‘ra, 2025 yil 31 avgust kuni Bolshaya Polyanka ko‘chasi, 28-uy manzilida sodir bo‘lgan voqea haqida ayrim telegram-kanallarda tarqatilayotgan maʼlumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Eʼlon qilingan fotosuratlardagi avtomashina va shaxslar O‘zbekiston elchixonasiga hech qanday aloqasi yo‘q.
Mashinadagi diplomatik raqam boshqa davlatning vakolatxonasiga tegishli ekani qayd etildi.
Elchixona taʼkidlashicha, O‘zbekiston diplomatik missiyasiga bo‘lgan masʼuliyatni asossiz ravishda yuklashga qaratilgan urinishlar mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi.
Diplomatik vakolatxona jamoatchilik va ommaviy axborot vositalarini tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikka chorladi.