Valyuta kurslari 30/09/2025
$1 – 12067.76
UZS – -0,58%
€1 – 14141.00
UZS – -0,25%
₽1 – 145.64
UZS – 0,19%
Qidirish
”O‘zbekistonning Jaxon savdo tashkilotiga qo‘shilishi: tashkilot qoidalari asosida eksportni amalga oshirish” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi

”O‘zbekistonning Jaxon savdo tashkilotiga qo‘shilishi: tashkilot qoidalari asosida eksportni amalga oshirish” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi

”O‘zbekistonning Jaxon savdo tashkilotiga qo‘shilishi: tashkilot qoidalari asosida eksportni amalga oshirish” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 30 sentyabr kuni Savdo-sanoat palatasi hamda Adliya vazirligi tomonidan eksport faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari vakillarini Jaxon savdo tashkiloti (JST) ning eksport bo‘yicha qoida va meʼyorlari bilan tanishtirish hamda eksport sohasidagi milliy qonunchilikdagi o‘zgarishlardan xabardor qilish maqsadida tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jaxon savdo tashkiloti bo‘yicha vakili A.Urunov, adliya vaziri o‘rinbosari M.Istamov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati U.Yakubxo‘jayev, Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari D.Rasulov, shuningdek, vazirlik va idoralar vakillari, O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi va O‘zbekiston Oziq-ovqat uyushmasi raislari hamda 30 ga yaqin eksportchi korxonalar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda A.Urunov JSTga aʼzolik mahalliy tadbirkorlarga, xususan, eksport qiluvchi korxonalarga bir qator afzallik va imkoniyatlar olib kelishi, jumladan, mazkur tashkilotga aʼzolikdan so‘ng eksport qiluvchi korxonalarning jaxon bozorlariga kirish imkoniyati yana-da oshishi kutillayotganini taʼkidlab o‘tdi.

O‘z navbatida, tadbir davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

JST bitimlarining eksportni amalga oshirishdagi asosiy qoidalari;

bojxona qonunchiligi va savdo-tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;

texnik jihatdan tartibga solish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar;

eksport bilan bog‘liq sanitariya-epidemiologiya, o‘simliklar karantini, veterinariya masalalari;

oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi tizimini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari;

intellektual mulk huquqlarining eksport faoliyatidagi ahamiyati.

Seminar so‘ngida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan savollarga mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan tegishli javoblar oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling