Valyuta kurslari 13/10/2025
$1 – 12140.91
UZS – 0,14%
€1 – 14053.10
UZS – -0,29%
₽1 – 149.41
UZS – 0,15%
Qidirish
O'zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi konsullik bo'limida 2025-yilning o'tgan davrida yuzta nikoh rasmiylashtirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasida 2025-yilning o'tgan davrida yuzta nikoh rasmiylashtirildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekistoning Koreya Respublikasidagi elchixonasi konsullik xizmatlarini ko'rsatishda yetakchi o'rinlarda bo'lib kelmoqda.

Xususan, FHDYni (Fuqarolik holati dalolatnomasi yozuvlari) qayd etish va rasmiylashtirish soni bo'yicha xorijdagi elchixonalar o'rtasida birinchi o'rinda qolmoqda.

Elchixona konsullik bo'limi tomonidan joriy yilning 10-oktyabr kuni O'zbekiston fuqarolari Elyor Nurdinov va Nilufarxon Nuriddinova o'rtasidagi nikoh rasmiylashtirildi.

Mazkur nikoh elchixonada 2025-yil davomida rasmiylashtirilgan 100-nikoh bo'ldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling