Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 05/05/2025 O‘zbekistonning Budapeshtdagi elchixonasi Serbiyada mehnat muhojirlarining ekspluatatsiyasi ehtimoli haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

O‘zbekistonning Budapeshtdagi elchixonasi Serbiyada mehnat muhojirlarining ekspluatatsiyasi ehtimoli haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Ommaviy axborot vositalarida oʻzbek mehnat muhojirlarining Serbiya va Bolqon mintaqasining boshqa mamlakatlarida ekspluatatsiya qilinishi mumkin boʻlgan holatlari haqida paydo boʻlgan maʼlumotlar munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Budapeshtdagi elchixonasi rasmiy bayonot berdi.

Oʻzbekiston hukumati xorijda yashayotgan fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilishni oʻzining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilagan. Shu sababli, Serbiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan oʻzbekistonlik fuqarolarning xavfsizligi, sharoitlarda ishlashi va har qanday ekspluatatsiyadan himoyalanishi masalalari Elchixonaning doimiy diqqat markazida turadi.

Oʻzbekiston va Serbiya oʻrtasida mehnat migratsiyasi sohasida oʻzaro manfaatli va tizimli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida joriy yil boshida ikki davlat hukumatlari oʻrtasida mehnat migratsiyasiga oid huquqiy asoslarni shakllantirishga qaratilgan muzokaralar boshlangan.

Elchixona barcha fuqarolarimizni xorijga faqat rasmiy litsenziyaga ega yoʻllovchi tashkilotlar orqali chiqish hamda shartnoma asosda mehnat faoliyatini amalga oshirishga chaqiradi.

Bundan tashqari, Serbiya hududida faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimiz uchun Elchixona huzurida huquqiy yordam koʻrsatish, shikoyat va murojaatlarni qabul qilish boʻyicha ishchi guruhi tashkil etilgan.

Elchixona masʼul xodimi S. Alijonov.

Bogʻlanish raqamlari: +36304362636;

Elektron manzil: consul@uzbekistan.hu.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling