Valyuta kurslari 23/09/2025
$1 – 12257.13
UZS – -0,75%
€1 – 14434.00
UZS – -0,62%
₽1 – 146.69
UZS – -0,99%
Qidirish
O‘zbekistonning Birinchi xonimi Nyu-Yorkdagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi

O‘zbekistonning Birinchi xonimi Nyu-Yorkdagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi

O‘zbekistonning Birinchi xonimi Nyu-Yorkdagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Nyu-York shahriga tashrif doirasida Turkiya Respublikasi Birinchi xonimi Emine Erdog‘anning taklifiga binoan ushbu mamlakat madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdi.

Ekspozitsiyada Anadoluning anʼanalari, hunarmandchilik va madaniyatni zamonaviy dizayn bilan birlashtirgan ko‘p asrlik merosi taqdim etildi. Ko‘rgazmada milliy matolar, qo‘lda to‘qilgan gilamlar, “telkari” va “kazaziyo” uslubidagi zargarlik buyumlari, kulolchilik namunalari, yong‘oqdan o‘ymakor sandiqlar va misdan qo‘lda yasalgan idishlar namoyish etildi.

Ko‘rgazmaga tashrif chog‘ida Ziroat Mirziyoyeva va Emine Erdog‘an xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yana-da mustahkamlash haqida fikr almashdilar.

Tadbirda, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi munosabati bilan Nyu-York shahrida bo‘lib turgan boshqa mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlarining rafiqalari, xorijiy delegatsiyalarning yuqori martabali vakillari ishtirok etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling