Valyuta kurslari 15/10/2025
$1 – 12185.11
UZS – 0,29%
€1 – 14081.11
UZS – -0,04%
₽1 – 152.58
UZS – 1,42%
Qidirish
O‘zbekistonning BAA bilan parlamentlararo hamkorligi rivojlanmoqda

O‘zbekistonning BAA bilan parlamentlararo hamkorligi rivojlanmoqda

O‘zbekistonning BAA bilan parlamentlararo hamkorligi rivojlanmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Senatda onlayn shaklda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Birlashgan Arab Amirliklari Parlamenti bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruh aʼzolari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi muloqotni rivojlantirish, shuningdek, iqtisodiyot, investitsiyalar, taʼlim, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli izchil rivojlanib bormoqda. Bu esa qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish hamda yangi yo‘nalishlardagi sheriklikni chuqurlashtirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Shuningdek, oliy darajada erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan parlament nazoratini amalga oshirish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Majlis yakunida parlamentlararo guruhning keyingi faoliyati va amaliy hamkorlik rejalari bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling