O‘zbekistonni 2025 yilning sakkiz oyida 62 mingdan ortiq xorijiy bemorlar tashrif buyurdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil yanvar–avgust oylari davomida O‘zbekistonga tibbiy yordam olish maqsadida 62 054 nafar xorijiy fuqaro kelgani haqida Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.
Bemorlarning asosiy qismi qo‘shni mamlakatlardan tashrif buyurgan. Eng ko‘p tashrif buyurganlar orasida Tojikiston fuqarolari yetakchilik qilmoqda — 44 209 nafar. Ulardan keyin Qirg‘iz Respublikasi aholisi (10 427) va Qozog‘iston fuqarolari (5 483) qayd etilgan.
Rossiyadan 1 280 bemor kelgan bo‘lsa, Afg‘onistondan — 343, Turkmanistondan — 204 nafar bemor tashrif buyurgan. Shuningdek, O‘zbekistonda davolanish uchun Turkiyadan 31, AQSHdan 11, Xitoydan 10, Ukrainadan 9 nafar fuqaro kelgan. Boshqa bir qator davlatlardan esa jami 47 nafar bemor qabul qilingan.