O‘zbekistonliklarning Turkiyaga sayohatlari qariyb 40% ga oshdi
O‘zbekistonliklarning Turkiyaga sayohatlari qariyb 40% ga oshdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–may oylarida Turkiyaga 88,6 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 24,7 ming nafarga yoki 38,7% ga ko‘pdir.
Sayohatlarning asosiy maqsadi turizm bo‘lgan — 67 036 nafar fuqaro Turkiyaga sayyoh sifatida tashrif buyurgan. 18 793 kishi qarindoshlarini ziyorat qilish, 1 252 nafar kishi davolanish, 798 nafar talaba taʼlim olish, 769 kishi esa xizmat safari maqsadida mamlakatga borgan.
UzDaily
·
👁 1144 views
·
01.08.2025 · 10:00