Valyuta kurslari 20/02/2026
$1 – 12169.41
UZS – 0,3%
€1 – 14359.90
UZS – -0,0%
₽1 – 158.95
UZS – -0,09%
Qidirish
O‘zbekistonliklarning Turkiyaga sayohatlari qariyb 40% ga oshdi

O‘zbekistonliklarning Turkiyaga sayohatlari qariyb 40% ga oshdi

O‘zbekistonliklarning Turkiyaga sayohatlari qariyb 40% ga oshdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–may oylarida Turkiyaga 88,6 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 24,7 ming nafarga yoki 38,7% ga ko‘pdir.

Sayohatlarning asosiy maqsadi turizm bo‘lgan — 67 036 nafar fuqaro Turkiyaga sayyoh sifatida tashrif buyurgan. 18 793 kishi qarindoshlarini ziyorat qilish, 1 252 nafar kishi davolanish, 798 nafar talaba taʼlim olish, 769 kishi esa xizmat safari maqsadida mamlakatga borgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling