Valyuta kurslari 15/10/2025
$1 – 12185.11
UZS – 0,29%
€1 – 14081.11
UZS – -0,04%
₽1 – 152.58
UZS – 1,42%
Qidirish
O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaning KIA AUTO kompaniyasida ishlashlari mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaning KIA AUTO kompaniyasida ishlashlari mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaning KIA AUTO kompaniyasida ishlashlari mumkin bo‘ladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Seul shahrida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Koreyaning “KIA AUTO” kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“KIA AUTO” kompaniyasining Koreyada bo‘ylab 580 ta avtomobillarga xizmat ko‘rsatish markazlari bo‘lib, yil davomida “KIA” tomonidan ishlab chiqarilgan 1 milliondan ortiq avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatadi.

Malakali kadrlarga ehtiyoj katta bo‘lgan bu sohaga hozirgacha O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qilinmagan.

Migratsiya agentligi tomonidan — Koreya bilan hamkorlikda mamlakatimizda “KIA AUTO” standartlariga mos ustaxonalar ochish, avtokuzov ustalari va avtotexniklarni til hamda kasb ko‘nikmalariga tayyorlab, E-7 vizasi asosida ishga joylashtirish taklif qilindi.

Hamkorlar takliflarni qo‘llab - quvvatlagan holda, o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlarga kirishish masalasini muhokama qilish uchun joriy yil noyabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling