O‘zbekistonliklar 10 oy ichida sog‘liqni saqlash xizmatlariga 16,5 trln so‘m sarfladi
O‘zbekistonliklar 10 oy ichida sog‘liqni saqlash xizmatlariga 16,5 trln so‘m sarfladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 16,5 trln so‘mni tashkil etdi. Bu 2024 yilning shu davriga nisbatan 15,4 foizga ko‘pdir.
Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2 % ni tashkil etgan.
Hududlar kesimida xizmatlar hajmi quyidagicha shakllandi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan — 7,7 trln so‘m.
Toshkent viloyatida xizmatlar hajmi 1,6 trln so‘mni, Samarqand viloyatida 1,2 trln so‘mni, Farg‘ona viloyatida 1,1 trln so‘mni tashkil etdi.
Shundan so‘ng Namangan viloyati — 747,7 mlrd so‘m, Andijon viloyati — 739 mlrd so‘m, Buxoro viloyati — 640,1 mlrd so‘m, Qashqadaryo viloyati — 612,8 mlrd so‘m, Xorazm viloyati — 557,8 mlrd so‘m, Surxondaryo viloyati — 416,8 mlrd so‘m, Jizzax viloyati — 398,8 mlrd so‘m, Sirdaryo viloyati — 293,1 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 285,6 mlrd so‘m va Navoiy viloyati — 269 mlrd so‘m qayd etildi.